"Chelsi" xodimlariga Fantasy Premyer-liga sabab qat'iy ogohlantirish berildi

"Chelsi" klubi o'z xodimlariga Fantasy Premyer-liga (FPL) o'yinida tarkib tanlashda ehtiyotkor bo'lish haqida ogohlantirish berdi. Bunga xodimlarning FPLdagi tanlovlari orqali futbolchilar jarohati haqidagi ichki ma'lumotlar fosh bo'lib qolayotgani sabab bo'lgan. Xabarlarga ko'ra, Joau Pedroning jarohati aynan shu yo'l bilan tasodifan oshkor bo'lgan.
Londonning "Chelsi" klubi o'z xodimlariga Fantasy Premyer-liga (FPL) platformasidagi faollik bo'yicha rasmiy ogohlantirish bilan chiqdi. Klub xodimlariga jamoa tarkibi va ichki o'zgarishlarni ushbu mashhur virtual o'yindagi tanlovlar orqali beixtiyor fosh qilib qo'yishdan ehtiyot bo'lish tayinlandi.
Bunga Joau Pedroning jarohat olganiga oid ma'lumot FPLdagi jamoa tanlovlari orqali tasodifan oshkor bo'lib qolgani sabab bo'ldi. Klub ichki sirlari va tibbiy holatlar raqiblar yoki jamoatchilikka muddatidan oldin ma'lum bo'lib qolmasligi uchun jamoa rahbariyati axborot xavfsizligini ta'minlashga qaror qildi.
Xodimlarning FPL o'yinidagi harakatlari orqali jarohatlar haqidagi maxfiy xabarlar tarqalib ketishi jamoaning o'yinoldi rejasiga putur yetkazishi mumkin.