Krishtianu Ronaldu kichik ilk bor Portugaliya U-17 terma jamoasiga chaqirildi

Afsonaviy futbolchi Krishtianu Ronalduning to'ng'ich o'g'li ilk bor Portugaliya o'smirlar terma jamoasidan chaqiruv oldi. Krishtianu Ronaldu kichik mamlakatning 17 yoshgacha bo'lgan jamoasi tarkibida to'p suradi. Bu uning xalqaro maydondagi ilk jiddiy qadamidir.
Mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning to'ng'ich farzandi — Krishtianu Ronaldu kichik o'z faoliyatida muhim bosqichga qadam qo'ydi. U faoliyatida ilk bor Portugaliyaning 17 yoshgacha bo'lgan (U-17) terma jamoasiga jalb etildi. Yosh futbolchi ushbu terma jamoa sharafini himoya qilish uchun ro'yxatga kiritildi.
Mazkur chaqiruv Ronaldu kichikning xalqaro miqyosdagi ilk qadami bo'lib, uning Portugaliya terma jamoalari tizimidagi faoliyatini boshlab beradi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 3-saralash bosqichida yetakchilar safida bormoqda. Guruhda dastlabki ikki o'rinni egallash jamoaga to'g'ridan-to'g'ri mundial yo'llanmasini taqdim etadi. Barcha asosiy legionerlar Toshkentdagi mashg'ulotlarga jalb etilgan.